15:30 / 25.12.2021
2935
“Ipak Yo‘li” banki Deutsche Bank AG tomonidan “Sustainable Client Excellence Award 2021” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi
"Ipak Yo‘li" bankining korporativ xizmatlar va xalqaro hisob-kitoblar boshqarma jamoasi
Foto: "Ipak Yo‘li" banki

Bank “Ipak Yo‘li” bu yil jahon iqtisodiyotidagi jahonning tizimli muhim banklaridan biri bo‘lgan “Deutsche Bank AG” (Germaniya) bankining “Sustainable Client Excellence Award 2021” (Barqaror rivojlanayotgan mijozning yuksak natijalari uchun) mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bank “Ipak Yo‘li” Deutsche Bank AG orqali amalga oshirilgan operatsiyalar soni va sifati, to‘lovlar bo‘yicha qilingan so‘rovlarni tezkor hamda atroflicha javob berilishi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgani uchun ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, mukofotni tayinlashda Deutsche Bank AG o‘z biznesining eng muhim strategik tarkibiy qismlaridan biri – ESG standartlariga muvofiqlik talablaridan kelib chiqqan holda qaror qildi.

ESG (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) standartlari – kompaniya faoliyati standartlari to‘plami bo‘lib, ular kompaniyaning kundalik faoliyatida barqaror rivojlanayotganligini quyidagi mezonlar asosida aniqlab beradi:

  • Ekologik mezonlar – kompaniyaning tabiatni asrash yo‘lida qanday harakat qilayotganini aniqlaydi;
  • Ijtimoiy mezonlar – xodimlar, hamkorlar, mijozlar va jamiyat bilan munosabatlarni qanday boshqarilayotganini o‘rganadi;
  • Korporativ boshqaruv mezonlari – kompaniya boshqaruvi, menejyerlarning mehnatiga haq to‘lash, audit, ichki nazorat va aksiyadorlarning huquqlariga taalluqlidir.

Ushbu mukofot bilan taqdirlash bilan bir qatorda, Deutsche Bank AG alohida tashakkurnoma yo‘lladi va “Ipak Yo‘li” banki bilan faoliyatning barcha sohalarida e’tiborga molik hamda professional hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Barqaror rivojlanish uchun mukofotni olish “Ipak Yo‘li” bankiga o‘zini ESG standartlariga sodiq kompaniya sifatida e’tirof qilishga haqli ekanligini, hamda dolzarb umumjahon kun tartibiga hamnafas rivojlanayotgan bank faoliyatining innovatsionligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Batafsil ma’lumot: ipakyulibank.uz/news/2021-12-23

Reklama huquqi asosida

Top