22:05 / 07.01.2022
10552
Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar natijasida ko‘rgan zarar 198 mln dollar deb baholandi

Milliy tadbirkorlar palatasining ogohlantirishicha, bu raqam yanada oshishi mumkin. 

Foto: AP/TASS

Tartibsizliklar oqibatida Qozog‘iston biznesiga yetkazilgan zarar 87,2 mlrd tenge (198 mln dollarga yaqin)ni tashkil etdi. Bu haqda "Atameken" milliy tadbirkorlar palatasiga asoslanib mahalliy OAV xabar berdi, deb yozadi Interfaks.

Xabarda aytilishicha, bundan 85,8 mlrd tenge Olmaotaga to‘g‘ri keladi.

7 yanvar holatiga mamlakatning o‘n regionida 848 ta biznes sub’yekti va 1021 ta obekt zarar ko‘rgani aniqlangan, jumladan, Olmaotada 789 ta sub’yekt va 950 ta obektga zarar yetkazilgan.

Palataning ogohlantirishicha, bu raqamlar yanada oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, palata boshqaruvi raisi Ablay Mirzaxmetov vazirlar mahkamasi bilan birgalikda zararni qoplash mexanizmlari ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida yetkazilgan zarar miqdori 92 million dollarni tashkil etgani aytilgandi.

Mavzu
Qozog‘istonda gaz namoyishlari
2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida suyultirilgan gaz narxi ikki baravarga ko‘tarilganidan norozi bo‘lgan qozog‘istonliklar ommaviy mitingga chiqishdi va keyingi kunlarda namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab yoyildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top