12:03 / 09.01.2022
678
Xorazm viloyatida 2021 yilda qayd etilgan jinoyatlar miqdori ma’lum qilindi

Eng ko‘p jinoyatlar firibgarlik, o‘g‘rilik va transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq.

Foto: Pixabay

2021 yilda Xorazm viloyatida 2929 ta jinoyat qayd etildi, deb xabar berdi Xorazm viloyati IIB.

Jinoyatlar turi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- 523 ta firibgarlik;
- 425 ta o‘g‘rilik;
- 342 ta transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish (ularning 79 tasi o‘lim bilan yakunlangan);
- 228 ta tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar (shundan 44 tasi qasddan badanga og‘ir, 63 tasi o‘rtacha og‘ir, 121 tasi yengil shikast yetkazish);   
- 173 ta giyohvandlik;
- 167 ta o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
- 98 ta pora olish va berish;
- 91 ta bezorilik;
- 20 ta fohishaxona tashkil qilish yoki qo‘shmachilik bilan shug‘ullanish;
- 17 ta odam savdosi;
- 17 ta tovlamachilik;
- 11 ta qotillik;
- 11 ta nomusga tegish;
- 8 ta talonchilik;
- 6 ta transport vositasini olib qochish;
- 2 ta bosqinchilik;
- 790 ta boshqa turdagi jinoyatlar.

Jinoyatlarning 256 tasi ayollar, 41 tasi voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Shahar va tumanlar kesimida qayd etilgan jinoyatlar miqdori:
821 – Urganch shahri;
382 – Urganch tumani;
315 – Hazorasp tumani;
175 – Shovot tumani;
167 – Xonqa tumani;
155 – Xiva shahri;
152 – Xiva tumani;
147 – Qo‘shko‘pir tumani;
137 – Bog‘ot tumani;
129 – Gurlan tumani;
124 – Yangibozor va Tuproqqal’a tumanlari;
101 – Yangiariq tumani;

2021-yil davomida turli jinoyatlar sodir qilib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurib, qidiruvda bo‘lgan 126 shaxs ushlangan.

Top