22:46 / 14.01.2022
26325

Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun provokatsiya tayyorlamoqda – OAV

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, provokatsiya Donbassdagi “LXR” va DXR” qo‘shinlariga qarshi uyushtirilishi mumkin.

Foto: Getty Images

Oq uy Rossiya Donbassda o‘zga bayroq ostida operatsiya o‘tkazishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida dalillarga ega – provokatsiya Ukrainaga bostirib kirish uchun bahona bo‘ladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedkasida bu jangarilar shahar sharoitida jang olib borish va portlovchi qurilmalardan foydalanishga o‘qitilgani bo‘yicha dalillar mavjud. Provokatsiya Donbassdagi “LXR” va DXR” qo‘shinlariga qarshi uyushtirilishi mumkin.

"Razvedka hamjamiyatimiz Rossiya bostirib kirishga bahona topish uchun asos tayyorlayotgani to‘g‘risida ma’lumot oldi. Biz bu ssenariyni 2014 yilda ko‘rgandik. Ular yana o‘sha ssenariyni tayyorlamoqda", - dedi Sallivan.

Sallivan Oq uy sutka davomida ushbu reja tafsilotlari to‘g‘risida matbuotga ma’lum qilinishini bildirdi.

 

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top