10:32 / 19.01.2022
25609

O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon yangi antirekord qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanishlar soni yana ortayotgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 1210dan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 18 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 208271 (+1214) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 16 yanvar kuni qayd etilgan, o‘shanda ilk bor kunlik holatlar mingdan oshgandi (+1037).

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 28 nafari Andijon viloyatida,
  • 40 nafari Buxoro viloyatida,
  • 39 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 30 nafari Namangan viloyatida,
  • 45 nafari Samarqand viloyatida,
  • 26 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 25 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 161 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 34 nafari Xorazm viloyatida,
  • 181 nafari Toshkent viloyatida,
  • 542 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 22 nafar,
  • Andijon viloyatida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 30 nafar,
  • Jizzax viloyatida 55 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 9 nafar,
  • Namangan viloyatida 27 nafar,
  • Samarqand viloyatida 34 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 9 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 24 nafar,
  • Xorazm viloyatida 19 nafar,
  • Toshkent viloyatida 122 nafar,
  • Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 200512 (+640) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan yana 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari soni 1525 nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top