07:46 / 01.02.2022
10145

Ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizcha va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berildi

Toshkent hayvonot bog‘i ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizcha va uning akasi uchun bog‘ga bir umr bepul kirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent hayvonot bog‘i

Qayd etilishicha, kasalxonaga olib kelinishi bilan qizcha Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiyasi bo‘limiga joylangan va u yerda tinimsiz shifokorlar nazorati ostida bo‘ldi. U yerda bir kunini o‘tkazgan 3 yoshli qizcha intensiv terapiya xonasiga o‘tkazildi.

«Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turg‘un deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solyapmiz», – dedi davolovchi shifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Nasimov.

«Qizaloqning kayfiyati yaxshi, u hamshiralarga she’rlar aytib, ularning ko‘nglini ko‘tarmoqda, biz esa, o‘z navbatida, uni sovg‘alar bilan quvontirdik. Qo‘shimcha ravishda, qizaloq va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyatini ta’minlashga qaror qildik», deyiladi Toshkent hayvonot bog‘i xabarida.

Avvalroq, Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi uch yoshli qizchasini ayiq qafasiga tashlab yuborgani aks etgan video tarqalgandi. Unda bola ehtiyotsizlik oqibatida emas, chindan ham qasddan yirtqich hayvon saqlanadigan joyga tashlab yuborilgani, hayvonot bog‘ini aylanib yurgan odamlar ayolni bu ishdan qaytarishga uringani, ammo ular yordamga kech qolgani ko‘rinadi.

Top