Toşkent hayvonot boğida ayol kişi uç yoşli qizçasini ayiq qafasiga taşlab yuborgani aks etgan video internetni «portlatdi». Videoda bola ehtiyotsizlik oqibatida emas, çindan ham qasddan yirtqiç hayvon saqlanadigan joyga taşlab yuborilgani, hayvonot boğini aylanib yurgan odamlar ayolni bu işdan qaytarişga uringani, ammo ular yordamga keç qolgani körinadi.

Dastlabki maqolamizda ayol bir neça yildan buyon ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi haqida aytgandik. Bola ayiq saqlanadigan volerga sovuqqonlik bilan taşlab yuborilgani, qolaversa, ayolning keyingi harakatlari ham uning ruhiyati joyida bölmaganini körsatib turibdi.

Xöş, ayolning ruhiyati şu darajada buzilişiga nimalar sabab bölgan? Uning ruhiyatidagi muammolar qaçon boşlangan? Ijtimoiy tarmoqlarda yozişayotganidek, u çindan ham farzandlariga mehrsizmi? Nima uçun qizçaning otasi voqea şu darajada şov-şuv bölgan esa-da, haligaça şifoxonaga kelib farzandi holidan xabar olgani yöq?

3 yoş-u 3 oylik Zarina Ahadova, jabrlanuvçi Foto: KUN.UZ

Biz ana şu savollarga javob qidirib kördik. Onaning öz jigarbandini yirtqiç hayvon qafasiga uloqtirganini heç narsa bilan oqlab bölmaydi, albatta. Biroq voqeaning köpçilik e’tibor qilmagan tafsilotlari paydo böldi. Biz bularni imkon qadar örgandik.

«Kuyovim qizimni köp kaltaklardi»

Hayvonot boğidagi voqea ortidan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan ayolning ismi Zilola Tölaganova. U 30 yoşda. Otasi Yöldoş Tölaganov qizining oilasi bir neça yildan buyon notinç ekani, turmuş örtoği bilan munosabatlarida muammolar borligi sababli ançadan buyon ota uyida yaşab kelişini aytadi. Uning sözlariga köra, barça muammo qudasining ölimidan keyin boşlangan:

– Qizim oila qurganiga yetti yildan oşgan, ikki nafar farzandi bor. Katta nevaram Dadaxon 6 yoşni töldirib, bu yil yettiga ötdi. Kiçkina nevaram Zarina 3 yoş-u 3 oylik.

Qizim qaynotasi hayot bölgan paytda ikki yil yaxşi yaşadi. Qaynotasi olamdan ötganidan söng turmuşida muammolar paydo böla boşladi. Erining «hunarlari» çiqdi, oilasida halovat yöqoldi. Kuyov qizimni tez-tez uyimizga jönatib yuborişni odat qildi.