Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani Darxon mahallasida allaqayerdan yovvoyi çiyaböri paydo böldi.

Ekologiya vazirligi xabariga köra, tegişli taşkilotlar bilan birga işçi guruh tuzilib, jonivor 25 oktyabr kuni keçqurun uşlangan.

U vaqtinça karantinda saqlaş uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirildi.

Poytaxt hokimligining ma’lum qilişiça, şoqol obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari tomonidan tutilgan. Tarmoqda bu jarayondan video ham tarqaldi.

Ma’lumot uçun, Darxonda çiyaböri yurgani haqida dastlabki xabarlar internetda 18 oktyabr kuni paydo bölgandi.