09:55 / 09.03.2022
11738

Xatirchi tumani hokimiga hayfsan berildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizomovga ish faoliyatidagi xato va kamchiliklar uchun hayfsan berildi.

Foto: Xatirchi tumani hokimligi

Sayfiddin Nizomov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunovning tegishli farmoyishi bilan intizomiy jazoga tortildi. Farmoyishda belgilanishicha, Nizomov dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish ishlarini tashkillashtirish masalalarida sustkashlik qilgan. Shuningdek, u ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, mehnat hamda ijro intizomini buzgan.

Oldinroq Navoiy shahri hokimining birinchi o‘rinbosari va Tomdi tumani hokimining ikki nafar o‘rinbosariga hayfsan berilgandi.

Mavzuga oid
Top