Xatirchi hokimi o‘rinbosari ishdan chetlatildi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan
Xatirchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Vohid Avlonov lavozimidan chetlatildi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u korrupsiya gumoni bilan tergovga tortilgan.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Vohid Avlonov 2021 yil 25 noyabrdan lavozimidan chetlatilgan.
Tuman hokimining bu haqdagi farmoyishiga asos sifatida jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 2021 yil 22 noyabrdagi ajrimi ko‘rsatilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Vohid Avlonovning ustidan jinoyat ishi ochilgan, u mansab soxtakorligi va korrupsiyaga qo‘l urganlikda gumonlanmoqda.
UPD. Bosh prokuratura ham ushbu ma'lumotni tasdiqladi. Ma'lum qilinishicha, hokim o‘rinbosariga JKning 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) va 209-(Mansab soxtakorligi) moddalari bilan ayblov e'lon qilingan. Jinoyat ishi 30 noyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Avlonov 2017 yildan buyon Xatirchi hokimi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, Jinoyat protsessual kodeksining 255-moddasiga ko‘ra, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z ish joyida qolishi – jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, u lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinadi.
Mehnat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.
Xatirchi tumani hokimi Nizomovning 13 dekabrdagi farmoyishi bilan, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi vaqtincha hokimning boshqa bir o‘rinbosari Bahodir Ne'matovga yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangan Normat Tursunov birinchi ish kunida Xatirchi tumaniga borgan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025