16:50 / 09.04.2022
16306
Navoiyda ikkita yangi oltin koni ishga tushdi

Tomdi tumani hududidagi mazkur konlarning ma’dan zaxirasi 40 million tonnadan ortiq.

Foto: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ axborot xizmati

2022 yilning 7 aprel kuni “Muruntov” koni tarkibidagi “Balpantog‘” va “Tomdibuloq” konlarida birinchi portlatish ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yangi konlarning oltin tarkibli ma’dan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temiryo‘llari orqali tashiladi. Mazkur ikkita kon 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega.  

Konlardan qariyb 15 yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoag‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab texnikalar xarid qilish ko‘zda tutilgan. Hozirda bitta zamonaviy gidravlik ekskavatori, 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta avtoag‘dargich keltirilgan. Loyiha doirasida konda 653 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Top