07:40 / 09.05.2022
4264
Hukumatning mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi vazifalari belgilandi
Foto: Kun.uz

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, hujjat bo‘limning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyatini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Bo‘lim faoliyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati bo‘yicha Vazirlar Mahkamasini, uning apparatini axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • sohadagi islohotlarning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etish;
  • mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash sohasida qonunlar, prezident farmonlari, qarorlari, buyruqlar, bayonnomalar va yo‘riqnomalar, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini nazorat qilish;
  • mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ish faoliyati samaradorligini sifat jihatidan yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini tashkil qilish;
  • keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolligini yanada oshirish va boshqalar.
Top