“Özbekiston–2030” strategiyasi loyihasida mahalla institutini hududlardagi kundalik masalalarni hal etişda aholi, jamoatçilik va davlat organlarini boğlab turuvçi asosiy böğinga aylantiriş vazifasi belgilangan.
Loyihada qayd etilişiça, 359-band doirasida aholi taşabbusi bilan infratuzilmani yaxşilaşga ajratiladigan mablağlar hajmini 24 trillion sömga yetkaziş közda tutilgan. Bu orqali mahallalardagi yöl, yoritiş, içimlik suvi, obodonlaştiriş kabi dolzarb infratuzilma ehtiyojlarini kengroq moliyalaştiriş maqsad qilingan.
Şu bilan birga, 360-bandga muvofiq, mahallalarda mablağlarni aholining ovoziga köra infratuzilma loyihalariga yönaltiriş amaliyotini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Uşbu yondaşuv asosida mahallalardagi muammolarni hal etiş uçun ajratiladigan mablağlar miqdorini kamida 3 baravar köpaytiriş vazifasi qöyilgan.
Loyihaning 361-bandida esa mahallalarda aholiga qulaylik yaratiş maqsadida 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da körsatiş tizimini yölga qöyiş nazarda tutilgan. Bu xizmatlarni aholiga yaqinlaştiriş, ortiqça sarsongarçilikni kamaytirişga qaratilgan.
Raqamli yönalişda ham qator maqsadlar belgilangan. Xususan, 362-band böyiça raqamlaştirilgan arxiv materiallari uluşini 80 foizgaça oşiriş rejalaştirilgan. Bu hujjatlar bilan işlaşda tezkorlik va şaffoflikni ta’minlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, 363-bandda mahallalarda aholi bilan işlaşga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlaştiriş, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni işga tuşiriş vazifasi belgilangan. Maqsad — murojaatlarni qabul qiliş, ma’lumot beriş va xizmatlardan foydalaniş jarayonlarini yanada soddalaştiriş hamda aholiga qulay infratuzilmani yaratiş.

















