Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori (2026 yil 5 yanvar) qabul qilindi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qarorga ko‘ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026 yilda hududlar mas’ul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:
🔹 kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar — tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga;
🔹 5 yildan buyon “qizil” toifada bo‘layotgan mahallalar — Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning o‘rinbosarlariga;
🔹 3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar — huquq-tartibot idoralarining ta’lim va ilmiy tashkilotlariga;
🔹 kriminogen vaziyati eng og‘ir tuman va shaharlar — viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlariga;
🔹 ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik/giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar jinoyatchiligi va nizoli oilalar salmog‘i yuqori bo‘lgan mahallalar — tegishincha viloyat darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.
Mavzuga oid
09:51 / 17.02.2026
Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
12:25 / 11.02.2026
O‘qituvchilarga milliy sertifikat olish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
19:27 / 09.02.2026