Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamida 5 ming mahallada sport maydonchalari barpo etiladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida aholi, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Loyihada ommaviy sport infratuzilmasini kengaytirish maqsadida kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalari barpo etish rejalashtirilmoqda.
Strategiya loyihasiga muvofiq, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash hamda aholining faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash choralari kuchaytiriladi. Shu doirada kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalari barpo etish maqsad qilingan. Ushbu tashabbus mahallalarda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yaqinlashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan.
Loyihada ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 milliondan oshirish ham rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, xususiy sport markazlari, fitnes-maydonlar va to‘garaklar bilan hamkorlik asosida 7–35 yoshli aholining sport mashg‘ulotlariga doimiy qatnashish darajasini 40 foizga oshirish maqsadi belgilangan. Bu orqali mahalla darajasidagi sport infratuzilmasi bilan xususiy sektor imkoniyatlarini uyg‘unlashtirib, mashg‘ulotlar uchun barqaror muhit yaratish ko‘zda tutiladi.
Professional sport yo‘nalishida esa sport-ta’lim muassasalarida muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini 10 foizga oshirish, sport sohasiga xususiy investitsiyalar hajmini 50 foizga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan sport klublarida 950 mingta yosh muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratish maqsadi ham loyihada qayd etilgan.
Mazkur chora-tadbirlar sport infratuzilmasini kengaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini hayot me’yoriga aylantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026