14:59 / 13.05.2022
5699

Qozog‘istondan chetga shakar olib chiqish taqiqlandi 

Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vazirining tegishli buyrug‘i 23 maydan kuchga kiradi. 

Foto: Getty Images

Qozog‘istondan chetga shakar olib chiqish taqiqlanadi. Bu haqda «Kazinform» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, olti oy muddatga shakar va shakar xomashyosini Qozog‘istondan chetga olib chiqish taqiqlanadi.

Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vazirining bu boradagi tegishli buyrug‘i 23 maydan kuchga kiradi.

Avvalroq Qozog‘iston shakar importini 32 foizga kamaytirishni rejalashtirgani aytilgandi.

Top