08:00 / 02.06.2022
13546

May oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi

2022 yil may oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 18 000 so‘m;    
  • Andijon viloyati – 19 000 so‘m;    
  • Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;     
  • Jizzax viloyati –19 600 so‘m;    
  • Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;     
  • Navoiy viloyati – 18 000 so‘m;     
  • Namangan viloyati – 15 000 so‘m;    
  • Samarqand viloyati – 20 300 so‘m;    
  • Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;    
  • Sirdaryo viloyati – 17 300 so‘m;    
  • Toshkent viloyati – 21 000 so‘m;  
  • Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 19 600 so‘m;
  • Toshkent shahri – 25 800 so‘m.

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

Top