08:39 / 07.06.2022
47938

Ohangaronda mashinasi jarima maydoniga olib ketilayotgan haydovchi o‘zini avtomobildan tashlab yubordi 

Ohangaronda elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan haydovchi YHXB inspektori tomonidan vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun olib ketilayotgan avtomashinadan o‘zini tashlab yuborib, vafot etdi. 

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 20 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani O‘zar qishlog‘i hududidan o‘tgan Nurafshon-Ohangaron avtomobil yo‘lining 52-kilometrida Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “VAZ-2121” rusumli davlat raqami avtomashina YHXB inspektorlari tomonidan tekshirish uchun to‘xtatilgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi G‘.Sh.ning avtotransport boshqarish uchun me’yoriy hujjatlari yo‘qligi aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 1-qismi bilan elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun Ohangaron tumani, Oybuloq qishlog‘i hududida, YHXB inspektori boshqaruvida harakatlanib ketayotganida, avtotransport old o‘rindig‘ida o‘tirgan haydovchi G‘.Sh. avtoransport eshigini ochib, o‘zini avtomashinadan tashlab yuborgan. 

YHXB inspektorlari tomonidan haydovchi G‘.Sh.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilganda, unga “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya qon quyilishi og‘ir holati, bosh miya siljib sinish” tashxisi qo‘yilgan.

Joriy yilning 6 iyun kuni soat 23:00 larda fuqaro G‘.Sh. Toshkent shahrida joylashgan 39-sonli shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, deyiladi IIV xabarida.

Top