Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Getty Images
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, qarorga muvofiq O‘zbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, mazkur bitim 2021 yil 9 iyunda Toshkent shahrida imzolangan. Transport vazirligi bitimni amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Bitim havo qatnovini tashkil etish, aviakorxonalarni tayinlash, ularga parvozlarni amalga oshirish huquqini berish, belgilanadigan manzillarni aniqlash, sertifikat va litsenziyalarni tan olish, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga solish kabi masalalarni nazarda tutadi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
20:12 / 05.11.2025