12:54 / 13.06.2022
4229

Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 mingdan ortiq xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi

Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

"Rasmiy xabarlar" kanalida qayd etilishicha, mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ichki ishlar, sog‘liqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli o‘rganildi. 

Ma’lum qilinishicha, amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, jami 7 008 nafar xotin-qizlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobidan chiqarildi.  

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 19 251 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan. Himoya orderi berish natijasida 9 309 ta oilani yarashtirishga, 8 259 ta nizoni bartaraf etishga erishilgan. 

1 877 ta rasmiylashtirilgan himoya orderlari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Mavzuga oid
Top