21:47 / 15.06.2022
10287

Shvetsiyalik 103 yoshli ayol parashyutda sakrab jahon rekordini o‘rnatdi 

Ayolda ushbu sport turiga qiziqish yuz yoshdan oshganidan so‘ng uyg‘ongan. 

Foto: Fox News

Shvetsiyalik 103 yoshu 259 kunlik Rut Linnea Ingegard Larsson parashyutda sakrab Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deb xabar berdi Fox News.

Xabarda aytilishicha, Larsson parashyutda ilk bor 102 yoshida sakragan.

Ayolda ushbu sport turiga qiziqish yuz yoshdan oshganidan so‘ng uyg‘ongan.

Nashrning yozishicha, uning besh nafar farzandi, 19 nabirasi va 30 evarasi bor. Larsson shuningdek, krossvord yechishni yoqtiradi va cherkov xorida kuylaydi.

Top