11:53 / 15.06.2022
32591

XTV o‘qituvchilarga mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotgani yuzasidan izoh berdi 

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotgani yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, vazirlikka o‘qituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotgani va kamaytirib to‘lash holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.  
  
Bildirilishicha, 2022 yilda pedagog xodimlarga Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta’tili berilib, bir yil davomida to‘liq ishlagan o‘qituvchilarga 48 kun hisobidan to‘liq mehnat ta’tili pullari to‘lab beriladi.

Ishga kirganiga bir yil bo‘lmagan o‘qituvchilarga esa mehnat ta’tili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda to‘lanadi. Bunda, mehnat ta’tili davri 48 kundan iborat bo‘ladi. 

Bugungi kunda "UzASBO" dasturiy majmuasida mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklangan.  

Ma’lum qilinishicha, bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat ta’tili to‘lovlari to‘lab boriladi.  

Mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.

Mavzuga oid
Top