Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi
O‘zbekistonda 3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘landi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan 3 758 nafar fuqaroga to‘lov qaydnomalari shakllantirilib, Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, 28 iyun holatiga ko‘ra 3 722 nafar shaxsga (99 foiz) to‘lovlar amalga oshirildi.
Joriy yil iyun oyida vaqtincha uyida yo‘qligi sababli to‘lanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqaroga qo‘shimcha to‘lov mablag‘lari iyul oyi to‘lovlariga qo‘shib yetkaziladi.
Mavzuga oid
17:55 / 13.01.2026
Issiqxonachilik sohasi qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun Loyiha ofisi ochilmoqda
13:23 / 10.01.2026
Hududlar reytingi: oziq-ovqat ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
15:20 / 27.12.2025