O‘zbekiston | 07:24 / 01.07.2022
4833
3 daqiqa o‘qiladi

Iyun oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanday o‘zgargani ma’lum qilindi

Joriy yil 1–26 iyun kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlari ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot e’lon qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu davr mobaynida bozorda qovun va tarvuz 4 000 so‘mga, pomidor (qizil) 3 500 so‘mga, pomidor (pushti) 3 000 so‘mga, baqlajon 3 250 so‘mga, kartoshka (yangi hosil) 2 750 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 1 500 so‘mga, piyoz (yangi hosil) 1 150 so‘mga, guruch (lazer) 1 000 so‘mga, kartoshka (import) va lavlagi 750 so‘mga, bodring, karam hamda guruch (alanga) 500 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, apelsin 4 000 so‘mga, mandarin 2 500 so‘mga va sarimsoq piyoz 1 500 so‘mga oshgan.

Joriy yil 1–26 iyun kunlari umumiy qiymati 98,4 mln AQSh dollarlik (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 3,2 mln dollar kam) jami 180,4 ming tonna (12,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur davrda 53,9 ming tonna tarvuz, 25,5 ming tonna piyoz, 13,7 ming tonna pomidor, 13,3 ming tonna olxo‘ri, 9,1 ming tonna sabzi, 7,7 ming tonna gilos, 6,1 ming tonna olma, 4,5 ming tonna loviya, 4,1 ming tonna mosh, 3,1 ming tonna qovun, 2,9 ming tonna o‘rik, 2,3 ming tonna lavlagi va 1,4 ming tonna ko‘kat tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Ushbu davr mobaynida 29,6 mln AQSh dollari (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 21,9 mln dollar ko‘p) qiymatidagi jami 28,4 ming tonna (0,9 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 20,4 ming tonna kartoshka, 3,1 ming tonna banan, 569 tonna apelsin, 483 tonna olma, 142 tonna kivi va 115 tonna mandarin import qilingan.

Qo‘yliq bozoriga 1–26 iyun kunlari hududlardan jami 26,7 ming tonna, xususan, 9,9 ming tonna kartoshka, 10,5 ming tonna piyoz, 949 tonna karam va 5,2 ming tonna sabzi keltirilgan. 

Hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

  • Toshkent viloyatidan 3 307 tonna, Namangandan 2 120 tonna, Surxondaryodan 592 tonna va Samarqanddan 1 482 tonna kartoshka;
  • Toshkent viloyatidan 6 269 tonna va Surxondaryodan 4 245 tonna piyoz;
  • Toshkent viloyatidan 949 tonna karam;
  • Toshkent viloyatidan 1 373 tonna, Andijondan 815 tonna, Surxondaryodan 705 tonna, Sirdaryodan 528 tonna, Qashqadaryodan 521 tonna, Jizzaxdan 445 tonna, Buxorodan 326 tonna, Farg‘onadan 271 tonna va Xorazmdan 254 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Qo‘yliq bozoriga Pokistondan 2 322 tonna va Afg‘onistondan 172 tonna kartoshka keltirilgan.

Hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–26 iyun kunlari jami 369,2 tonna, shu jumladan, 323,2 tonna mol go‘shti va 46,0 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Mavzuga oid