Payariq Claster’ga nisbatan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uçun tegişli ta’sir çorasi qöllandi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi.
Taşkilotning Samarqand viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan ötkazilgan monitorning natijasida Payariq Claster MÇJ paxta mahsulotlarini töğridan-töğri şartnomalar asosida sotgani aniqlangan: 2022 yilda — 259.1 tonna paxta yoği, 890,5 tonna paxta şroti, 418,9 tonna paxta şeluxasi; 2023 yilda — 2250 tonna texnik çigit.
Uşbu mahsulotlar birjada sotilmagani oqibatida narxlar yuqori qöllanib, jami 1,9 milliard sömga yaqin miqdorda tafovut holatlari vujudga kelgan.
Hududiy boşqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat töğrisida»gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilişi alomatlari bilan korxonaga nisbatan iş qözğatilib, tegişli ta’sir çorasi qöllangan.
Qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida bu kabi holatlarga yöl qöymaslik böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.












