O‘zbekistonda inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga qo‘shimcha sug‘urta klasslarini qo‘shish orqali kengaytirildi.
Bunda hayotni sug‘urta qilish sohasidagi mavjud 4 ta klassga yana 3 ta klass qo‘shildi. Bular:
- tartib raqami bo‘yicha V-klass — “Majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash”;
- tartib raqami bo‘yicha VI-klass — “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi”;
- tartib raqami bo‘yicha VII-klass — “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash”.
Umumiy sug‘urta sohasidagi mavjud 17 ta sug‘urta klasslari qatoriga yana 1 ta sug‘urta klassi qo‘shildi. Tartib raqami bo‘yicha 18-klass – ya’ni «Tibbiy sug‘urta».