11:24 / 18.07.2022
8564

Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi hududida yirik yong‘in yuz berdi

Yong‘inni bartaraf etishga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 30 nafar xodim, o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangarondagi o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Kecha, 17 iyul kuni soat 13:03 da Toshkent viloyati, Ohangaron tumani “Toshariq” MFY hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan yer maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Boshqarma yong‘in-qutqaruvchilari voqea joyiga soat 13:09 da yetib borib, yong‘in soat 13:15 da o‘rab olingan va soat 14:05 da o‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 30 nafar xodim, o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.

Yong‘in natijasida taxminan 500 kvadrat metr maydonda quruq o‘t va shox-shabba yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Top