08:00 / 20.07.2022
2277

O‘zbekistonda mahallaning «faol» modelini joriy etish rejalashtirilmoqda

Mahalla “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsad qilingan.

Videodan kadr

Yangi tahrirdagi "Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi hamda “Mahalla to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsad qilingani aytiladi.

Vazirlikda soha targ‘ibotini olib borish hamda tanqidiy materiallarga doimiy munosabat berib borishni takomillashtirish maqsadida zamonaviy texnik vositalar va imkoniyatlar bilan ta’minlangan media markaz qurib bitkazildi, yaqinda foydalanishga topshiriladi, deyiladi ma’lumotda.

Top