Komissiya buni kelib tuşayotgan takliflar dinamikasining keskin ortib ketişi bilan izohladi. Şuningdek, komissiya raisi Akmal Saidovga köra, muddat uzaytirilişi kimningdir körsatmasi bilan emas, komissiya qarori bilan qilinmoqda.

Kun.uz har doimgidek, özgartirilayotgan konstitutsiya, uning sabablari, şuningdek, yangi konstitutsiyada aks etayotgan va etmayotgan normalar atrofidagi tahlillarini davom ettiradi.

Bu borada navbatdagi mehmonlarimiz siyosatşunos Farhod Tolipov, jamiyatşunos Dilsora Fozilova, Inson huquqlari Ezgulik jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.

— Suhbatni boşlarkanmiz, sizlardan 1992 yilda qabul qilingan Özbekiston konstitutsiyasining özgarişlari xronologiyasi haqida söramoqçiman. Jumladan, mana şu jarayonlar boşlanarkan, qator huquqşunos, siyosatşunoslar konstitutsiya özgaravermasligi kerak, bunaqada qadri qolmaydi degan fikrni aytgan bölsa, yana ayrim huquqşunoslar, jumladan, komissiya raisi Akmal Saidov “konstitutsiya dogma emas”, deya boş qomus özgarib turişi kerakligini aytdi.

Xöş, Özbekiston konstitutsiya kitobçasidagi özgarişlar dunyo konstitutsiyalariga soliştirilganda qançalik tez yoki normal deya baholaş mumkin?

Farhod Tolipov, siyosatşunos:

Konstitutsiya davlat faoliyatida asosiy qomus deyiladi. U öz nomi bilan asosiy qomus bölarkan, yaxşi ma’noda qotib turadigan hujjat bölişi kerak.

Bu islohotlar boşlanarkan, konstitutsiya dogma emas, degan ibora işlatildi. Men bu iborani juda ehtiyotkor işlatgan bölardim, çunki konstitutsiya yaxşi ma’noda dogma bölişi ham kerak. Ha, u doimiy özgarmas bölmas, lekin köp yil özgarmay xizmat qilişi ham kerak. Qonunlarga tez-tez özgartirişlar kiritiş yoki butunlay bekor qilinişi mumkin. Çunki siyosiy, ijtimoiy jarayonlarda özgarişlar bölib turadi.

Qaytaraman, konstitutsiya uzoq yillar özgarişsiz xizmat qiladigan hujjat. Unga kiritiladigan özgarişlarga esa uzoq yillar tayyorgarlik körilişi va bunga jiddiy asos va dalillar bölişi kerak.