Joriy yilning 6 oyida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga oid 72 717 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.

Foto: Tengrinews.kz
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning so‘zlariga ko‘ra, 56 059 ta holatda arizani ko‘rib chiqish muddatlariga rioya qilinmagan, 7 012 ta holatda ortiqcha hujjat talab qilingan, 4 522 ta holatda to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, 1 245 ta holatda arizalar asossiz rad qilingan.
Eng ko‘p qonun buzilishi holatlariga quyidagi idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilgan:
“O‘zsuvta’minot” AJda – 15 597 ta; “Hududgazta’minot” AJda – 15 464 ta; “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda – 3 188 ta; “Toshissiqquvvati” DUKda – 1 595 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida – 941 ta, kadastr idoralarida – 7 149 ta; sog‘liqni saqlash muassasalarida – 4 797 ta; tuman (shahar) hokimliklarida – 4 220 ta va qurilish idoralarida – 2 652 ta.