07:47 / 30.07.2022
8964

Sirdaryoda anor urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Sirdaryo innovatsion hududida anor danagidan yog‘ ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo tumani innovatsion hududida faoliyat yuritayotgan "Anor yog'i Sirdaryo" MChJ rahbari Yashin Mamatqulov tomonidan taklif qilingan "Anor danagidan yog‘ ishlab chiqarish" startap loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 305,2 mln so‘m grant mablag‘lari bilan moliyalashtirildi. 

Hozirgi kunda startap korxona anor moyi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib bo‘lib, yillik yog‘ ishlab chiqarish quvvati 2 500 litrga teng.

Anor danagi moyi tarkibida 80-85 foizgacha essensial - granat (punik) yog‘ kislotasi mavjud bo‘lib, u hujayraning metobolitik jarayonlarini me’yorlashtirib turish xususiyatiga ega. 

Anor danagi moyi foydali xususiyatlari bilan nafaqat kosmetologiyada balki meditsinada ham keng qo‘llaniladi.

Mavzuga oid
Top