Özbekistonda intellektual mulk himoyasi va uni tijoratlaştiriş - Şohjahon Xöjayev bilan intervyu
|22:22 / 13.08.202220 58912 min
Ijtimoiy tarmoq va messenjerdagi postlar ham intellektual mulk hisoblanadimi? Intellektual mulkni qanday qilib tijoratlaştiriş mumkin va uni qaysi taşkilot himoya qiladi? Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartirişlar sohada qanday özgarişlarga olib keladi? Şu kabi savollarga Toşkent davlat yuridik universiteti xodimi, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Şohjahon Xöjayev javob berdi.
Özbekistonda ayni kunda davom etayotgan Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş jarayonida intellektual mulkka bölgan huquq muhofazasiga doir takliflar ham bor. Xususan, asosiy qomusning 36-moddasi “Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, şu jumladan intellektual mulkka bölgan huquqqa ega”, – deya töldirilmoqda.
Sönggi yillarda Özbekistonda ham bu mavzu aktual bölib bormoqda. Şu örinda intellektual mulk tuşunçasi, uning himoyasi hamda huquqiy kafolatlari mavzusida Toşkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Şohjahon Xöjayev bilan suhbatlaşdik.
— Assalomu alaykum, Şohjahon aka! Avvalo, intellektual mulk tuşunçasiga izoh berib ötsangiz. Nimalar intellektual mulk hisoblanadi?
— Intellektual mulk aqliy yoki ijodiy faoliyat mahsuli sanaladi. Aniqroq qilib aytadigan bölsak, uşbu mahsulotga nisbatan huquqni anglatadi. Misol uçun, adib tomonidan yozilgan asar yoki roman, rassom tomonidan çizilgan surat, olim tomonidan yaratilgan ixtiroga bölgan huquq. Oddiy mulkdan farqli ölaroq, intellektual mulk biron bir moddiy körinişga ega bölmasligi ham mumkin (masalan, xoreografiya asari yoki pantomima). Intellektual mulk keng qamrovli tuşunça bölib, unga quyidagilar kiradi:
mualliflik huquqi (fan, adabiyot va san’at asarlari);
turdoş huquqlar (ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali körsatuv yoxud eşittiriş beruvçi taşkilotlarning körsatuvlari yoki eşittirişlari);
sanoat mulki (ixtiro, foydali model va sanoat namunalari);
EHM uçun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
şaxsiylaştiriş vositalari (firma nomlari, tovar belgisi, xizmat körsatiş belgisi, tovar kelib çiqqan joy nomi, geografik körsatkiçlar);
seleksiya yutuqlari (ösimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari);
— Ijtimoiy tarmoq, Telegram-kanallardagi şaxsiy fikrlar yozilgan postlar, şaxsiy fotosuratlar ham intellektual mulk hisoblanadimi?
— Amaldagi qonunçilikka muvofiq, ijodiy mehnat natijasida yaratilgan asar intellektual mulk sifatida himoya qilinadi. Mazkur holatda, agar post ijodiy tusga ega bölsa, u himoya qilinadi. Deylik, post öziga xos ravişda ifodalangan, ya’ni yozilgan bölsa, u intellektual mulk hisoblanadi. Biroq oddiy axborot körinişidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar intellektual mulk hisoblanmaydi. Binobarin, postda oddiy axborot yoki yangilik aks etgan bölsa, u intellektual mulk bölmaydi.
Mavzuga oid
Fotosurat masalasiga keladigan bölsak, qonunçilikka muvofiq, fotosurat nafaqat intellektual mulk, balki şaxsga doir ma’lumot ham sanaladi. Şaxsning fotosuratini uning roziligisiz tarqatiş yoki undan foydalaniş taqiqlanadi. Köp ijtimoiy tarmoqlar (Facebook,Twitter) foydalanuvçilari kelişuviga e’tibor qaratadigan bölsak, mazkur kelişuvlarda tarmoq foydalanuvçisi tomonidan joylaştirilgan kontent, jumladan fotosurat muallifi, qoida tariqasida, uni joylaştirgan foydalanuvçi hisoblanişi körsatib ötiladi. Demak, özining fotosuratini ijtimoiy tarmoqqa joylaştirgan şaxs uning muallifi hisoblanadi.
— Özbekistonda intellektual mulk huquqiy jihatdan yetarli darajada himoyalanganmi?
— Özbekistonda intellektual mulkni himoya qiliş yuzasidan huquqiy tizim yaratilgan. Jumladan, intellektual mulkni bevosita tartibga solişga qaratilgan 8 ta qonun va öndan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Intellektual mulkka bölgan huquqlarni buzgan şaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, sönggi yillarda ijodkorlarning huquqlari sudda himoya qilinayotgani bunga yaqqol misoldir.
Özbekiston intellektual mulk sohasidagi xalqaro hujjatlarga qöşilgan hamda xalqaro standartlarni implementatsiya qilmoqda. Bu sohada oldimizda turgan asosiy masalalardan biri bu – Özbekiston Respublikasi intellektual mulk tizimining Jahon savdo taşkiloti (JST) Intellektual mulk huquqi savdo aspektlari böyiça bitim (TRIPS) normalari va tamoyillariga muvofiqligini tahlil qiliş hisoblanadi. Mazkur bitim JSTga qöşiliş yuzasidan qöyilişi kerak bölgan muhim qadam bölib, unga a’zo barça mamlakatlar boşqa a’zo mamlakatlar fuqarolari ham özlarining fuqarolari kabi huquqiy himoya qilinişini talab etadi.
— Intellektual mulk himoyasi va mualliflik huquqi masalalarida qaysi taşkilot «asosiy iş»ni bajaradi?
— Umuman olganda, intellektual mulk sohasidagi vakolatli davlat organi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi. Vazirlik intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqadi, intellektual mulk obektlariga bölgan huquqlarni himoya qiladi va muhofaza qiladi. Fuqaro yoki tadbirkor intellektual mulk himoyasi yoki muhofazasi yuzasidan aynan Adliya vazirligiga murojaat qilişi mumkin.
Boşqa davlat organlari ham intellektual mulk himoyasida iştirok etadi. Jumladan, bojxona organlari bojxona çegarasi orqali tovarlar olib kirilişida, Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi dori mahsulotlarini röyxatdan ötkazişda, Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi esa fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatişda intellektual mulk huquqlariga rioya etilişini tekşiradi.
Bundan taşqari, mulkiy huquqlarni jamoaviy boşqaruvçi taşkilotlarni ham esga oliş lozim. Ular nodavlat taşkilotlari bölib, unga a’zo mualliflar huquqlarini himoya qiladi. Bu taşkilotlar jahon tajribasida mualliflik huquqini himoya qiluvçi eng samarali vositalardan biri sanaladi.
— Fuqarolar yoki tadbirkorlar özlariga tegişli deb hisoblagan intellektual mulkni qanday qilib tijoratlaştirişlari mumkin?
— Intellektual mulk tijoratlaştirişning bir neçta usullari mavjud. Eng köp tarqalgan usul bu – intellektual mulkdan foydalaniş yuzasidan şartnoma tuziş. Misol uçun, tovar belgisining egasi özining tovar belgisidan boşqa tadbirkor foydalanişi uçun franşiza yoki litsenziya şartnomasini tuzişi va undan foyda olişi mumkin. Köplab maşhur brendlar aynan franşiza tufayli köplab foyda oladilar. Xususan, “Coca-Cola”, “KFC” va “Dodo Pitssa” kabi brendlar Özbekistonda aynan franşiza asosida faoliyat boradi.
Yana bir usullardan biri – intellektual mulkka asoslangan korxonalarni tuziş yoki biznesni yölga qöyiş. Bu usul köproq sanoat mulki (ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi) egalariga taalluqli. Ya’ni ixtiro egasi öz ixtirosini mahsulot körinişida işlab çiqarişni yölga qöyişi va bundan foyda olişi mumkin.
E’tiborli jihati şundaki, intellektual mulk yuridik şaxsning ustav fondiga uluş sifatida kiritilişi mumkin. Misol uçun, huquq egasi intellektual mulkni MÇJ yoki aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini şakllantiriş uçun taqdim etişi mumkin.
Bundan taşqari, ilmiy-innovatsion faoliyatga investitsiyalarni ham jalb qiliş mumkin. Bunday faoliyat bilan vençur fondlari şuğullanadi. Ya’ni intellektual mulk egasi öz mahsulotiga vençur fondi e’tiborini jalb qilişi va bu orqali faoliyatini moliyalaştirişi mumkin.
— Özbekistonliklarga elektron yoki boşqa xizmatlarni körsatayotgan, şuningdek mahsulot yetkazib berayotgan xorijiy korxonalarning intellektual mulklari qay darajada himoya qilingan?
— Intellektual mulk himoyasining asosiy jihati hududiylikdir. Qoida tariqasida, intellektual mulkning muhofazasi va himoyasi muayyan davlat yoki hudud bilan çeklangan. Xorijiy korxonalarning intellektual mulkini muhofaza qilişda ikkita asosiy yondaşuvni belgilaş mumkin.
Birinçisi – xalqaro hujjatlar orqali muhofaza qiliş. Bern va Parij konvensiyalarida davlatlar intellektual mulk muhofazasini eng samarali va bir xil usullar vositasida ta’minlaşi lozimligiga e’tibor qaratilgan. Şularni inobatga olgan holda Özbekiston MDH doirasida hamda Rossiya Federatsiyasi, Qirğiziston Respublikasi, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya bilan özaro xalqaro kelişuvlarni imzolagan. Mazkur hujjatlarga muvofiq, tegişli mamlakatlar korxonalarining intellektual mulklari Özbekistonda muhofaza qilinadi.
Ikkinçisi – intellektual mulk huquqlarini Özbekistonda röyxatdan ötkaziş. Bu, asosan, tovar belgilariga taalluqli. Xorijiy korxonalar Madrid tizimi orqali Özbekistonda öziga tegişli tovar belgilarini himoya qilişi mumkin. Madrid tizimi tovar belgilarini xalqaro röyxatdan ötkaziş böyiça tizim bölib, xorijiy korxonalarga mahalliy korxonalar kabi öz tovar belgisini himoya qilişga imkon beradi. Xuddi şuningdek, mazkur usul özbek brendlarini xorijda himoya qilişga imkon beradi. Misol uçun, “EVOS” brendi hozirda 12 ta mamlakatda himoya qilinadi.
Mazkur holatda xorijiy korxonalar Özbekistonda muhofaza qilinadigan intellektual mulkiga bölgan huquqlari buzilganda Adliya vazirligiga yoki sudga murojaat qilişlari mumkin.
— Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartirişlar bu sohaga qanday özgarişlar olib kelişi kutilmoqda?
— Konstitutsiyaning amaldagi qoidalarida intellektual mulk alohida körsatib ötilmagan, ijodiy va innovatsion faoliyatni himoya qiliş yetarli darajada kafolatlanmagan. Şuning uçun intellektual mulkka bölgan huquqni Konstitutsiyada belgilaş bizga intellektual mulkning oddiy mulk qatori tan olinişiga, uni daromad keltiradigan manba sifatida körib çiqişga imkon beradi. Bu bilim, innovatsiya va ijodiy natijalarga investitsiyalarni jalb qilişda ham yordam beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda intellektual mulk innovatsion iqtisodiyotning asosi bölib bormoqda. Masalan, AQŞda sönggi beş yil içida içki iqtisodiy faoliyat yoki işlab çiqariş hajmining 40 foizdan ortiği intellektual mulk obektlaridan intensiv foydalangan kompaniyalar hisobiga töğri keldi. Uşbu kompaniyalar 2019 yilda 62,5 million iş joyini yoki mamlakat bandligining 44 foizini ta’minlagan. Intellektual mulk, xususan tovar belgilari (brendlar) kompaniyalarga maşhur bölişga va daromadlarini oşirişga yordam beradi. Masalan, 2022 yil boşida Apple brendining qiymati 355 milliard, Amazon'niki – 350 milliard, Google'niki – 263 milliard, Microsoft'niki esa 184 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan.
Konstitutsiyada intellektual mulk huquqining tan olinişi va himoya qilinişi ilmiy-ijodiy faoliyatni rağbatlantirişga turtki böladi. Davlat nafaqat intellektual mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini tan oladi, balki himoya qiladi. Şu munosabat bilan muallif yoki huquq egasi yangi intellektual mulk obektlarini yaratişga qiziqadi, mahalliy tadbirkorlar öz brendini yaratişga manfaatdor böladi.
Öz navbatida, intellektual mulk huquqlarining konstitutsiyaviy kafolati ilm-fan, adabiyot va san’at taraqqiyotining poydevori hisoblanadi, çunki bu soha vakillarining huquqlari davlatning asosiy Qonuni darajasida himoya qilinadi.
— Fuqarolarning bu boradagi savodxonligini oşiriş yuzasidan qanday işlar qilinmoqda?
— Sönggi yillarda intellektual mulk sohasida aholi savodxonligini oşiriş yuzasidan amaliy işlar olib borilmoqda. Xususan, har yili an’anaviy ravişda, fevral-mart oylarida “Kontrafaksiz” oyligi ötkazib kelinmoqda. Mazkur oylik davomida bozorlar, yirik savdo majmualari va köçma savdo nuqtalarida kontrafakt mahsulotlar işlab çiqarilişi va sotilişiga qarşi kuraşiş böyiça profilaktika tadbirlari ötkaziladi. 2022 yilda ötkazilgan tadbirda 2 mingdan ortiq kontrafakt mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi va hozir bu mahsulotlarni işlab çiqaruvçi tadbirkorlarga qonun doirasida çora köriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda. Demak, mazkur tadbirlar doirasida nafaqat huquqbuzarliklar aniqlanadi, balki huquqiy yeçim tavsiya etiladi.
Bundan taşqari yaqinda 2022–2026 yillarda Özbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantiriş strategiyasi qabul qilindi. Unda ham jamiyatda intellektual mulkka bölgan hurmat hissini şakllantiriş va aholining huquqiy madaniyatini oşiriş muhim yönalişlardan biri deb körsatildi. Xususan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uçun intellektual mulkka oid öquv kurslarini taşkil qiliş, intellektual mulk sohasi böyiça ma’lumotlarni yetkazuvçi jurnalistlar tayyorlaş rejalaştirilmoqda.