07:24 / 13.08.2022
5553

Peterburgda 46 yoshli o‘zbekistonlik vatandoshini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda daryo qirg‘og‘idan 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi.

Foto: ura.ru

«Fontanka» nashrining yozishicha, dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik bosh qismidan olingan zarba natijasida vafot etgan.

«O‘lim sababini aniqlash uchun jasad o‘likxonaga yuborilgan, aftidan, huquq-tartibot idoralari xodimlari hech qanday jarohatni ko‘rmagan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit boshiga tushgan zarbadan vafot etgan», deyiladi xabarda. 

Voqeadan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘limga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Qotillikda gumonlanib, 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, 9 avgust kuni yotoqxonada u bilan marhum o‘rtasida janjal kelib chiqqan, bu vaqtda u erkakning boshiga tepgan.

Gumonlanuvchi ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinayotgan vaqtda ushlanib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Top