1943 yilning oxiri, 1944 yilning boşlarida uruş sovet ittifoqi çegarasidan çiqib Şarqiy Yevropaga köçadi. SSSR xaloskor sifatida Polşa, Vengriya, Çexoslovakiya, Germaniyaning şarqiy qismi, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya hamda Albaniyani faşistlar zulmidan ozod qilar ekan, ularning aholisi sovet armiyasini katta tantanalar bilan kutib oladi. Öşa paytda ular kelajakda özlarini nimalar kutayotganini, kommunistlar boşlariga qanday kulfatlar solişini bilişmasdi.

Uruş tugaşi bilan sovet ittifoqi tomonidan faşistlardan ozod qilingan davlatlarda zudlik bilan kommunistik partiyalar tuzilib, hokimiyat egallanadi. Şundan söng ularning aksariyatida uruş paytida Ğarbda qoçqinlikda yurgan hukumatlarning qaytib kelişiga yöl qöyilmaydi.

Masalan, Polşa hukumati bilan şunday bölgan. Uruşdan söng Buyuk Britaniyada qoçqinlikda bölgan hukumat vatanga qayta olmaydi. Moskva qöllovi bilan tuzilgan kommunistik hukumat rahnamolari Polşani egallab olib, qonuniy hukumatning ortga qaytişiga yöl qöyişmaydi.

Uruşdan söng bir muddat kommunistik tuzum qöl ostida yaşagan Şarqiy Yevropa xalqlari «qordan qutulib dölga tutilganlariga» amin bölişadi. Garçi Moskva tomonidan qöyilgan qöğirçoq hukumatlar va rahbarlar ança tomir yozib ulgurgan bölsa ham, odamlar tobora kommunistik rejimni yomon köra boşlaşadi.

Ana şunday vaziyatda «ilk qönğiroq Vengriyada çalinadi». Kommunistik rejimda yaşaşni xohlamagan vengrlar 1956 yilda qözğolon kötaradi. Qözğolon Moskva tomonidan ayovsiz bostiriladi. Öşanda Moskva «nonkör» vengrlardan ayovsiz qasos oladi va köplab tinç aholi vakillari halok böladi.

Foto: myhungary.net

Öşa yili Polşaning Poznan şahrida işçilarning kommunistik tuzumga qarşi namoyişlari bölib ötadi va bu ham şavqatsizlarça bostiriladi.

Oradan 12 yil ötib, 1968 yilda Çexoslovakiya kompartiyasi rahbarlari tomonidan sotsialistik tuzumga qarşi islohotlar ötkazilişini e’lon qilinadi. Odamlar buni qöllab-quvvatlab çiqişadi. Oxir-oqibat bu yerda ham namoyişlar sovet armiyasi boşliq ittifoqçilar tomonidan bostiriladi. Köplab odamlar halok böladi.

Çexoslovakiyaning boş kötarişi