Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan harbiylari ilk bor Xitoy droniga qarata o‘t ochdi
Xitoy armiyasiga tegishli dronlardan biri Erdan orolining taqiqlangan suv hududiga kirgan. Dron ogohlantirishlarga qaramasdan parvoz qilishda davom etganidan so‘ng tayvanlik harbiylar unga qarata o‘t ochgan.
Foto: AP
Tayvan harbiylari Xitoy xalq-ozodlik armiyasi droniga qarata o‘t ochdi. Bu haqda taiwannews xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Xitoy armiyasiga qarashli uchta dron Tayvanning Tszinmen arxipelagidagi orollar uzra parvoz qilgan. Tayvan harbiylarining ogohlantiruvchi signalidan so‘ng ular Xitoyning Syamen shahriga uchib ketgan.
Oradan bir oz vaqt o‘tgach, dronlardan biri Erdan orolining taqiqlangan suv hududiga kirgan. Harbiylar ogohlantiruvchi signal bergan.
Dron ogohlantirishlarga qaramasdan parvoz qilishda davom etganidan so‘ng tayvanlik harbiylar unga qarata o‘t ochgan. Shundan keyingina dron ortiga qaytgan.
Qayd etilishicha, bu Tayvan harbiylarining Xitoy droniga qarshi ilk marta o‘t ochishi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.01.2026
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
10:37 / 26.01.2026
Yuzlab dronlar va aviabombalar: Zelenskiy - Rossiyaning bir haftalik zarbalari haqida
01:00 / 26.01.2026
Amerikalik alpinist hech qanday himoyasiz balandligi 508 metrli binoni zabt etdi
22:04 / 25.01.2026