11:30 / 12.09.2022
5814

Orient Group O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Korn Ferry Hay lavozimlarni baholashning xalqaro metodologiyasini joriy qildi

Foto: Orient Group

 Korn Ferry Hay Guide Chart metodologiyasi bo‘yicha lavozimlarni baholash asoslari bo‘yicha Orient Group xodimlariga ta’lim berish mukofot tizimini joriy etish tashabbusini amalga oshirishdagi asosiy qadam bo‘ldi.

Lavozimlarni baholash bo‘yicha nou-hauga ega bo‘lish Orient Group’ga kelajakda greydlash loyihasi davomida joriy etilayotgan tizimni mustaqil ravishda saqlash va rivojlantirish imkonini beradi.

Foto: Orient Group

Venera Yerzina, Orient Group xodimlar bilan ishlash departamenti direktori:

“Ushbu voqeaning o‘ziga xosligi shundaki, O‘zbekistonda o‘qishdan so‘ng ushbu metodologiya bo‘yicha ishlashga qodir birinchi sertifikatlangan mutaxassislar paydo bo‘ladi. Natijada biz faxr bilan aytishimiz mumkinki, Orient kompaniyasi ilgari mamlakatimiz bozorida mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos vakolatlarni mahalliylashtirdi”.

Foto: Orient Group

Anna Dementeva, Markaziy Yevrosiyodagi Korn Ferry lavozimlarni baholash amaliyoti rahbari:

“Orient Group xodimlari uchun ikki kunlik seminar o‘tkazdik. O‘quv kursining asosiy maqsadi kompaniya mutaxassislarini ishni baholashning maqsadlari va metodologiyasi, o‘rin almashtirish jadvali usuli tamoyillari va ish profilini aniqlash bilan tanishtirish, shuningdek, ish joyidan foydalanish bo‘yicha texnik tayyorgarlikdan o‘tish, Korn Ferry Hay Guide-Chart Profile Method usuli bo‘yicha lavozimlarni baholash va ishtirokchilar reytingi uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini berishdir”.

Svetlana Chekmazova, Markaziy Yevrosiyodagi “Korn Ferry” korporativ transformatsiya bo‘limi rahbari:

“Biz avval ORIENT Group xodimlarini lavozimlarini baholash sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalar bo‘yicha o‘qitganmiz. Bu kompaniyaga o‘zgarishlarni samarali boshqarish imkonini beradi, chunki u greydlarga asoslangan mukofotlar tizimini joriy qiladi. Korn Ferry Orient Group uchun greydingni joriy etishda davom etmoqda. Mukofotlashning shaffof va mantiqiy greydini boshqarish tizimini yaratish Orient Group kompaniyasiga har bir xodimning kompaniya ishining yakuniy natijasiga qo‘shgan hissasini hisobga olish, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga rag‘batlantirish, martaba zinapoyasida yuqoriga ko‘tarilish va individual rivojlanishda yuksak natijalarga erishish imkonini beradi”.

Orient Group matbuot hizmati Ⓣ

Top