2022 yil 13 iyul, Toşkent. Orient Group va yetakçi xalqaro boşqaruv konsalting provayderi Korn Ferry strategik kelişuv tuzilgani haqida e’lon qilişdi. Hamkorlikning bir qismi sifatida Korn Ferry Orient Group’ga greydlarga asoslangan mukofot tizimini yaratişda kömaklaşadi.

Voqeani şarhlar ekan, Orient Group Management boş direktori Andrey Safronyuk şunday dedi: “Biz oçiqlik sari yölimizni davom ettirmoqdamiz. Orient Group kompaniyasida mehnatga haq tölaşning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilişi rivojlaniş strategiyamizdagi yana bir qadamdir. Bizning pozitsiyamiz oddiy va tuşunarli: yetakçilarning hamkorlari yetakçilar bölişi kerak. Özbekistonda heç kim Orient yetakçiligini isbotlaşi şart emas, şu sabab bunday muhim loyiha uçun Korn Ferry kabi kompaniyani tanlaş mantiqan töğridir”.

Greyding – vaqt sinovidan ötgan metodologiya bölib, Korn Ferry butun dunyo böylab taşkilotlarning faoliyatini yaxşilaş maqsadida 70 yildan ortiq vaqt davomida amalga oşirib kelmoqda.

“Adolat talabi, jumladan, mehnat munosabatlari sohasida ham global tendensiya bölib, biz buni e’tiborsiz qoldira olmaymiz va  qoldirişni istamaymiz. Odamlarning umumiy işga qöşgan hissasiga köra adolatli iş haqi olişni xohlaşlari normal holat. 12 000 dan ortiq kompaniya Korn Ferry metodologiyasi asosida greydingni amalga oşirdi va biz holdingimizda işonçli va umume’tirof etilgan tartibni joriy etiş uçun mutaxassislarni taklif qildik”, – deydi Orient Group’ning xodimlar bilan işlaş böyiça departament direktori Venera Yerzina.

Yangi tizimni joriy etiş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi. Top-menejmentning dastlabki bosqiçidan söng reyting kompaniyalar guruhidagi barça lavozimlarga qöllanadi. Şu bilan birga, ikki yil içida baholar böyiça mukofot tizimini joriy etişning butun jarayonini yakunlaş rejalaştirilgan.

“Özbekiston juda istiqbolli bozor, çunki şu yerning va vaqtning özida kompaniyalar sifat özgarişlariga yuqori talabga ega. Mahalliy biznes taşkiliy tuzilma, korporativ madaniyat va xodimlarni rağbatlantiriş sohasida ilğor xalqaro tajribani jadal joriy etişga tayyor. Bu yondaşuv mintaqaviy miqyosda mamlakatni yaxşi ajratib turadi va işonçim komilki, bu Özbekiston iqtisodiyotining uzoq yillar davomida oldinda rivojlanişini kafolatlaydi”, – deya voqeani şarhladi Yuliya Ten, Korn Ferry kompaniyasining Özbekiston bozorini rivojlantiriş böyiça direktori, Markaziy Yevrosiyoda metals&mining sanoati tajribasi rahbari.

“Orient Group kompaniyasining boşqaruv tajribasini rivojlantiriş borasidagi ambitsiyalari jahonning yetakçi korporatsiyalari uçun xosdir. Biz kompaniyaga işni baholaş, mehnatga haq tölaş va tovon tölaş, şuningdek, korporativ madaniyatni özgartiriş sohasidagi ilğor tajribalarni joriy etişga yordam beramiz. Bölajak özgarişlar, albatta, Orient biznesining samaradorligini oşirişga öz ta’sirini ötkazadi”, — deydi Svetlana Çekmazova, Korn Ferry hamkori, Markaziy Yevrosiyodagi korporativ transformatsiya amaliyoti rahbari.