20:56 / 15.09.2022
6432
Yelizaveta II bilan vidolashishga kelganlardan iborat navbatning uzunligi 7 kilometrga yetdi

Ma’lumot berilishicha, navbatning uzunligi 16 kilometrgacha yetishi kutilmoqda. 

Foto: PA Images

Marhuma qirolicha Yelizaveta II bilan vidolashishga kelganlardan iborat navbatning uzunligi 7 kilometrga yetdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

“Qirolicha bilan vidolashishga kelganlardan iborat navbatning uzunligini ko‘rsatuvchi tabloda odamlar zanjiri 7 kilometrga yetgani aytilmoqda”, deyiladi xabarda.  

Ma’lumot berilishicha, navbatning uzunligi 16 kilometrgacha yetishi kutilmoqda.  

Qirolichaning dafn marosimi 19 sentabr kuni o‘tkaziladi. 

Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U Buyuk Britaniya taxtini 70 yil boshqardi.

Mavzuga oid
Top