Çözilgan front va axborot tanqisligi: Rossiya qömondonligining Xarkivdagi beş xatosi
|23:49 / 16.09.202237 25812 min
Rossiya tomonining «maxsus harbiy operatsiya»ni rejalaştirişdagi kritik notöğri hisob-kitoblari Ukrainaning ilk yirik ğalabasiga olib keldi. Rossiya qöşinlariga nafaqat tirik kuçlar, frontdagi vaziyat haqida öta muhim axborotlar ham yetişmayapti. Dastlabki mağlubiyat Rossiyada qizğin muhokama qilinmoqda. Nega bunday bölib çiqqani «Mojyem ob’yasnit» tahliliy materialida tuşuntirildi.
Uruşni örganiş instituti xaritasida havorang bilan sentabr oyidagi qarşi hujumida Ukraina qurolli kuçlarining ozod qilgan hududlari körsatilgan
Kutilmaganlik effekti
Sentyabr oyi boşlarida Xarkiv oblastida boşlangan qarşi hujum Rossiya harbiylari uçun mutlaqo kutilmagan hol böldi. Avvalboşdan ular zarbani Xersonda kutişayotgan edi — kuzning dastlabki kunlari Ukraina harbiylari özlarining javob operatsiyasini aynan öşa yerda boşlaydigandek körinayotgandi.
Biroq bir neça kun ötib, Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv oblastida joylaşgan qarama-qarşi front böylab qaqşatkiç zarba berişdi.
Natijada Rossiya armiyasi önlab aholi manzillarini, katta qiyinçilik bilan egallangan minglab kvadrat kilometr bilan ölçanadigan hududlarni boy berdi. Xarkiv şahri ostonasidagi front çiziği Oskol va Şimoliy Don daryolari ortiga çekindi, Kiyev öz duşmanidan bir neçta muhim platsdarmlar (Izyum va Balakliya)ni qaytarib olib, Rossiya çegarasigaça çiqdi.
Bunday şiddatli va kutilmagan mağlubiyatning sababi nimada? Quyida Rossiya qömondonligining beşta jiddiy xatosini sanab ötiladi.
Himoyasiz yuzlab kilometrlar
Uruş boşidan Rossiya qöşinlari yuzlab kilometrga çözilib
Barça yönalişlardan birdaniga hujum qiliş muvaffaqiyatsizlikka uçradi va dastlabki çekiniş — Kiyev, Çernihiv va Sumi oblastlarida röy berdi. Moskvadagilar uşbu çekinişni «yaxşi niyatdagi xatti-harakat» deb
Biroq ilk muvaffaqiyatsizlik Rossiya qömondonligini zamonaviy harbiy kampaniya çoğida ehtimolli yorib ötiladigan uçastkalarda kuçlarni töplaşga örgatmagan ekan – ular frontning butun hududi böylab kiçik qöşinlarini soçib çiqişda davom etişdi.
Natijada, Ukraina qöşinlari Rossiya himoyasidagi ojiz nuqtani paypaslab topa oldi. Çunki Moskva asosiy kuçlarni janubga — Xersondagi taxmin qilinayotgan yorib ötiş nuqtasiga eltib taşlagani tufayli, Ukraina qurolli kuçlarining bölajak hujumi nuqtasida mamlakat jangovar armiya zaxirasining tajribasiz jangçilari hamda Luhansk va Donetsk oblastlaridan safarbar qilib keltirilgan aholi vakillarigina qoladi.
Bunday tarkib artilleriya va aviatsiyada ustunlikka ega bölgan taqdirda ham Ukraina qurolli kuçlariga yetarli qarşilik körsata olişi mumkin emas edi. Aynan şuning uçun Rossiya armiyasi şoşilinç ravişda daryolar ortigaça çekindi, çunki pozitsiyalarni uşlab qoliş uçun mutlaqo imkoniyat qoldirilmagan edi.
Xarkiv oblastida rossiyaliklarning yonib ketgan BMP-2 maşinasi yonida turgan ukrain askari.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Tirik kuçlar yetişmovçiligi
Bu haqda tahlilçilar ham, ekspertlar ham, jurnalistlar ham köp bor takrorlab kelişayotgandi. Rossiyaga okkupatsiya qilingan hududlarni uşlab turiş uçun tirik kuçlar kritik ravişda yetişmayapti. Şu sababli sentabr oyidagi mağlubiyatdan söng hokimiyat tarafida bölgan Telegram-kanallar, hattoki Rossiya Davlat dumasi deputatlari umummilliy safarbarlik zaruriyati haqida gapira boşlaşdi.
Rossiyaliklarni köngillilar batalonlariga jalb etiş, «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasiga tanlovni kengaytiriş va «maxsus harbiy operatsiya»ga mahbuslarni jalb etiş haqida xabarlar köpaydi.
Rossiya ilgari özi egallagan hududlarni uşlab turiş uçun zaxiralarni kiritişga neçoğlik qodir va tayyorligi borasida ma’lumotlar kam. Masalan, ayrim ekspertlar Moskvadagilarning yengida şunday kuzir borligiga umuman işonişmayapti. Albatta, gap yadroviy qurol haqida bormasa.
Axborot yöq
Agar Rossiya qömondonligi Ukraina qurolli kuçlari qöşinlarini qayerga qay tarzda jönatayotgani haqida ma’lumotga ega bölganida dastlabki ikki punkt bu qadar kritik ahamiyatga ega bölmasdi. Biroq frontning narigi tomonida nimalar bölayotgani Moskvaga noaniq bölib turgani ravşan: na razvedka ma’lumotlari, na radioelektron kuraş vositalari va na maxsus pilotsiz uçar qurilmalar bor. Aynan şuning uçun şimoldan tösatdan berilgan zarba Rossiya qöşinlarini ğaflatda qoldirdi.
Ukraina qurolli kuçlari uçun esa vaziyat tamomila teskari. Ukraina armiyasi ixtiyorida nafaqat ğarblik ittifoqçilari tomonidan yetkazilgan jangovar razvedka dronlari bor, bundan taşqari UQK duşmanning sözlaşuvlarini eşitib turibdi, bu haqda ular harbiy kampaniya boşidan buyon tinmasdan takrorlab kelişmoqda.
Bularga qöşimça ravişda Kiyev AQŞ va Buyuk Britaniyadan yerdan va sun’iy yöldoş orqali olingan razvedka ma’lumotlarini olib turibdi. Bu esa Kiyevga kuçlarning nisbatini çamalab, yaşin tezligida qarşi hujum operatsiyasini rejalaştirişda asqatmoqda.
Bunday nomutanosiblik duşman kuçiga tölaligiga yetarli baho bermaslikka olib kelgan. Moskva Ukrainaning muvaffaqiyatli hujum qiliş imkoniyatini körib ham çiqmagan. Ehtimol, aynan şuning uçun frontning şimoliy qismida kam miqdorda tirik kuçlar qoldirilgan va mohiyatan töqnaşuv çiziğining muhim uçastkasi yalanğoç bölib qolgan.
Eskirgan taktika
Rossiya XX asrning uruş qiliş usullaridan, Ukraina esa NATOning XXI asr uruşi işlanmalaridan foydalanayotgani haqida köp yozildi. Biroq bu aynan Xarkiv yönalişidagi qarşi hujumda yanada yaqqol namoyon böldi.
Ukraina shaping battlefield (inglizçadan jang maydonini şakllantiriş degani) doktrinasi — hujum qilayotgan armiya razvedka ma’lumotlari va soxta manyovrlar bilan barça kuçlar va vositalarni muvofiqlaştirgan holda frontning ma’lum bir bölagida özi uçun ustunlik yaratiş strategiyasini muvaffaqiyatli özlaştirdi. Bu strategiya Rossiya hujum taktikasiga öxşaş taktika bilan juda yaxşi uyğunlaşadi. Pirovard natijada, Moskva uçun an’anaviy bölgan himoya prinsiplari — duşmanni öz pozitsiyasi içkarisiga jalb qilib, qanotdan hujum uyuştiriş yomon işlay boşlaydi.
Bunday şaroitlarda Ikkinçi jahon uruşi davridan buyon odatiy bölib kelgan artilleriya tayyorgarligi — ommaviy hujum oldidan duşman pozitsiyasi bir neça kun mobaynida artilleriya tomonidan tekislanişi ham iş bermaydi. Birinçidan, bu Ukraina qurolli kuçlariga hujum qaysi nuqtadan uyuştirilişi rejalaştirilayotganini oşkor qilib qöyadi. Ikkinçidan, bunday taktika — kelajakda yöqotişlarni kamaytiriş uçun snaryad almaşişdan boşqa narsa emas. Agar hujum qilayotgan tomonda bunday yeçim uçun yetarli kuç va öq-dorilar bölsa — bu iş berişi mumkin. Lekin Rossiyaga allaqaçon snayardlar yetişmayapti.
Ayni paytda Rossiya qöşinlarining bir qismi asosiy guruhdan Dnepr daryosi bilan uzilib qolgan Xerson oblastida kuzatilayotganidek logistika bilan boğliq muammolar paydo bölsa, bu muammo yanada muşkul köriniş oladi.
Juda sekin hujum qilingan
Uruşning ilk haftalaridagi qaynoq faza, Kiyevdan çekiniş va Donbass uçun uruşdan söng Rossiya armiyasi juda imillab oldinga siljiy boşladi. Köpinça bir sutka davomida frontni bir neça yuz metrga siljitişga muvaffaq bölindi. Bunga yuqorida sanab ötilgan omillar sabab böldi: şaxsiy tarkib va axborot yetişmovçiligi, logistika bilan boğliq muammolar.
Natijada Ukraina qurolli kuçlari Moskvaning egallab oliş operatsiyasini holdan toygunça urişişga ötkazişga muvaffaq böldi. Şundan söng ğarbdagi ittifoqçilari bergan ma’lumotlar va ularning harbiy yordami şarofati bilan ojiz nuqtalarni «paypaslay» boşladi.
Endi Rossiya armiyasi UQKning hujumlarini takrorlay oladimi, ya’ni Moskva hududlarni egallab oliş böyiça operatsiyalarini şu qadar şiddatli va samarali ötkaza oladimi yoki dastlabki kunlarning kutilmaganlik effektini qöldan boy berib, depsinişda davom etadimi — bu noma’lum bölib turibdi.
Moskvadagilar endi nima qilişmoqçi?
Bu muammolarni hal qiliş uçun Rossiya propagandaçilari va hokimiyatga yon bosuvçi siyosatçilari birinçi navbatda umummilliy harbiy safarbarlik e’lon qilişni taklif etişmoqda. Öz pozitsiyasini bildirişda yetti ölçab bir kesadigan RFKP yetakçisi Gennadiy Zyuganov ham qarab ötirgani yöq. «Uruş va maxsus operatsiya tubdan farq qiladi. Maxsus operatsiyani töxtatiş mumkin, uruşni esa özingiz istasangiz ham töxtatib bölmaydi. U ikki yöl bilan tugaydi: yo mağlubiyat, yo ğalaba bilan. Donbassda ğalaba qozoniş masalasi — bu bizning tarixan tirik qolişimiz masalasi. Bu mamlakatda yaşovçi har bir inson bölayotgan voqealarga real baho berişi kerak», — dedi u Davlat dumasida. Keyinçalik RFKP a’zolari partiya yetakçisi birinçi navbatda iqtisodiy safarbarlikni nazarda tutdi, deya suvaşdi.
Davlat dumasining xavfsizlik böyiça qömitasi a’zosi Mixail Şeremet yanada konkretroq gapirdi. U «töliq safarbarliksiz, iqtisodiyotni harbiy relslarga ötkazmasdan turib, kerakli natijalarga erişa olmaymiz», dedi. Biroq Dmitriy Peskov parlament a’zolarining (şuningdek, yuzlab propaganda Telegram-kanallarining) sözlarini rad etdi-yu, «hozir safarbarlik haqida gap bormayapti», dedi.
Rossiya armiyasining boşqa oçiq-oydin muammolari esa Kremlga yaqin şarhlovçilarning nigohiga negadir tuşmayapti. Armiyani qayta qurollantiriş va taktikani özgartiriş haqida gap bormayapti. Hokimiyatning Ramzan Qodirov kabi yakkam-dukkam vakillari «yöl qöyilgan xatolar»ni tan olib, şiddatli javob qaytarişga undamoqda. Biroq köp holatlar jurnalistlar va tahlilçilar mağlubiyat uçun aybni NATO askarlariga ağdarişmoqda.
Endi nima böladi?
Harbiy kampaniya ob-havo, loygarçilik va sovuq tufayli töxtab qolişidan avval Ukraina armiyasi taşabbus jilovini öz qölida tutib turibdi. UQK qisqa fursatda keng miqyosli hujum operatsiyasi uyuştira olişini körsatib, Rossiya qömondonligini esankiratib qöydi.
Ukraina armiyasi navbatdagi zarbasini qayerga berişini taxmin qiliş qiyin. Ehtimol, ular Şimoliy Don daryosini keçib ötib, sentabr oyi boşlaridagi muvaffaqiyatli yurişlarini Luhansk oblastida davom ettirar. Balki bu Xersondagi yorib ötiş bölar. Bu savolga javobni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari Boş ştabidagilar ham bilmasa kerak.
Rossiya armiyasidan ham qandaydir javob yurişi kutilmoqda. Biroq Moskvada bunday qarşi zarba uçun zaxira va kuçlar yetarli ekanligi aniq emas. Joylardan kelayotgan xabarlarga köra, Xerson ostonasida yopirilma artilleriya zarbalari davom etmoqda. Yuqorida zikr etilganidek, Dneprdan naryoğdagi guruhda zarba uçun yetarli kuç va texnika ham, ta’minot yöllari ham yöq. Çunki Ukraina artilleriyasi köpriklar, pontonli yöl ötkazgiçlar va paromlarga tinmasdan zarba berib turibdi.