09:18 / 22.09.2022
1071
O‘zbekiston va Ummon o‘zaro savdo hajmini keskin oshirishni rejalashtirmoqda 

Masqat shahrida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Masqat shahrida O‘zbekiston va Ummon Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar yettinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov va Ummon tashqi ishlar vaziri diplomatik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari shayx Xalifa al-Horisiy rahbarlik qildi.

Maslahatlashuvlarda siyosiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, Birlashgan millatlar tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. Hamkorlik shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish masalasi kun tartibidan o‘rin egalladi.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bugungi holatini baholash va istiqbollarini belgilash muzokaralar asosiy mavzusi bo‘ldi. Bu borada o‘zaro savdo-sotiq hajmini keskin oshirish hamda investitsion hamkorlikni jadallashtirish va tarkibini tubdan diversifikatsiya qilish choralari haqida fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top