08:12 / 28.09.2022
2429
«El-yurt umidi» tanlovida nomzodlarga qo‘yilgan talablar ma’lum qilindi

"El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori Adham Bekmurodov, ijrochi direktor o‘rinbosari Javohir Ahmedov, jamg‘arma axborot xizmati rahbari Ma’ruf Jumayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Foto: AOKA

Qayd etilishicha, 2018 yilda 378 nafar, 2019 yilda 600 nafar, 2020 yilda 15 nafar (pandemiya davri), 2021 yilda 266 nafar hamda 2022 yil davomida 480 nafar (20 sentabr holatiga 206 nafar tanlab olindi), jami 1465 nafar yoshlar hamda mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida xorijdagi rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalari va ilg‘or kompaniyalarida ta’lim olishi va stajirovka o‘tashi tashkil etildi.

Stipendiya tanlovlarida nomzodlarga qo‘yilgan asosiy talablar:

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
  • yosh chegarasi: bakalavriat bosqichi uchun 25 yoshgacha, magistratura bosqichi uchun 20 yoshdan 45 yoshgacha, doktorantura bosqichi uchun 22 yoshdan 45 yoshgacha;
  • kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari tanlov yo‘nalishi bundan mustasno;
  • uchinchi shaxslar to‘liq moliyaviy majburiyati to‘g‘risida rasmiy roziligi (kafolat xati);
  • xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingani to‘g‘risidagi taklifnoma-xati (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance).

Nomzod xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilingani to‘g‘risidagi taklifnoma-xati quyidagi reyting agentliklari top 300 ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lishi zarur:

  • TNE (The Times Nigher Education World University Rankings); 
  • QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings); 
  • ARWU (Academic Ranking of World Universitiyes);
  • The U.S.News and World Report (Best Global University Rankings).

Ochiq stipendiya tanlovini o‘tkazish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda qabul qilingan hujjatlar belgilangan talablarga mosligi yuzasidan saralash o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda nomzod dunyoqarashi, bilimini aniqlashga qaratilgan test sinovlari o‘tkaziladi. Uchinchi bosqichda avvalgi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Jamg‘arma tomonidan stipendiat quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada o‘qish (kontrakt) to‘lovi;
  • xorijdagi ta’lim olish joyigacha bo‘lgan transport xarajatlari (ikkala tomonga, ko‘pi bilan yiliga bir marta);
  • xorijda ta’lim olish davrida yashash, ovqatlanish va ichki transport xarajatlari;
  • viza olish va xorijda ta’lim olish davrida stipendiatni tibbiy sug‘urtalash;
  • zarur adabiyotlar va darsliklarni xarid qilish, xorijiy universitet talabiga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish;
  • stipendiat xorijda ta’lim olishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlari.
Mavzuga oid
Top