Işlar ölda-jölda taşlab qöyilgani, masalaga avvalgi hokim Davron Hidoyatov paytida ham, viloyatga Zoir Mirzayev rahbar bölib kelganidan söng ham e’tibor qaratilmayotgani haqida Kun.uz bir neça marta yozdi. Bu maqolalar kerakli manzilga yetib bordi çoği, bizga tutqiç bermay kelayotgan mutasaddilar nihoyat köriniş berdi.

12 oktyabr kuni viloyat hokimligi taşabbusi bilan taşkil etilgan matbuot anjumanida quriliş uçun mas’ul idora va taşkilotlar jam böldi. Oçiği, matbuot xizmatining bu taşabbusidan xursand böldik, boisi, heç qayerdan topib bölmayotgan mutasaddilarni bir joyga yiğib berdi. Ammo matbuot anjumani davomida mas’ullar muammoni hal qiliş örniga, yuzaga kelgan vaziyat uçun aybni bir-birlariga ağdariş bilan andarmon bölişdi. Sansalor, mansalor, otga bedani kim solar naqlini esladik öşa tobda.

Buyurtmaçining ma’lum qilişiça, yerosti tunneli qurilişi loyihasining qiymati 74 mlrd sömga teng. Şundan 2022 yil uçun 20 mlrd söm ajratilgan va hozirgaça bu mablağning 13,5 mlrd sömi sarflanib bölingan. Buyurtmaçi hududdagi “snos” masalalari va boşqa muammolar hal etilmayotgani uçun köprik qurilişi töxtab qolganini aytmoqda.

“Bizda 4 ta turar, 21 ta noturar joy binolarini buziş va 72 ta daraxtni kesiş muammo bölib turibdi. “Stenka”larni olib kelib qöyganmiz, lekin qurilişni davom ettirişning imkoni bölmayapti. Şu masalada Zangiota tumani hokimiyatiga murojaat qilganmiz, bu böyiça vakillar bizga va’da berişgan. Masala hal bölmagunga qadar qurilişni qila olmaymiz. Bundan boşqa muammo yöq. Pul bor, pudratçi işlayapti. Faqat şu buziliş bölsa, işlarni tezda davom ettirib ketamiz”,– deydi “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” DUK direktorining birinçi örinbosari Ğulom Zohidov.

Ğulom Zohidov, “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” DUK direktorining birinçi örinbosari (çapdan birinçi). Foto: Kun.uz