Katta quriliş maydoniga aylangan Özbekistonda köp manzil-makonlar obod bölyapti, biroq e’tibor berilişi lozim bölgan hudud va obektlar hali ança. “Abgor manzillar” körsatuvi yangi manzilda böldi. Bu manzilda yaxşilikni közlab, yaxşi niyatlar bilan işlar boşlangan edi, biroq...

Toşkentdan ozgina yursangiz, Zangiota tumanidagi Nazarbek posyolkasiga çiqasiz. Aholi ziç joylaşgan, ança rivojlangan alohida şaharça. Nazarbekni poyezd yöli ikkiga ajratib turadi. Ana şu yerda doim tirbandliklar kuzatilar edi. Mutasaddilar muammoni bartaraf etiş uçun temiryöl ostidan tunnel qazib, bu yerdagi yuklamani kamaytiriş, harakat tezligi va ötkazuvçanlikni oşirişni maqsad qilişgan edi. Işlar boşlanganiga ança vaqt ötdi, quriliş esa töxtab qolgan, aholi sarson va quriliş qaçon tugaşidan xabarsiz.

Biz şu yerdagi aholi vakillari bilan suhbatlaşdik. Birgina yölning yöqligi köplab muammolarni keltirib çiqarganini bizga ma’lum qilişdi. Eng kattasi şuki, odamlar avvallari ikki qadam masofada joylaşgan uyiga 15 kilometr masofani bosib ötişga majbur. Bu bir neça kun emas, bir neça oylardan beri davom etayotgan holat.

Biz lavha tayyorlaşda ana şu aylanma yöldan ham yurib kördik. 15 kilometr ortiqça masofa, önqir-çönqir yöllar, çang-tözon, tirbandlik... Xullas, köpçilik avtomobilni temiryölning bu tomonida qoldirib, uyiga piyoda borgan ança ma’qul, degan töxtamga kelgan.

Bu muammolardan viloyat hokimi Zoir Mirzayev şaxsan xabardor. Çunki u şu yil 23 aprel kuni ötkazgan sayyor qabulda yölovçi taşiş bilan şuğullanadigan tadbirkorning aynan muammo haqidagi murojaatini tinglagan. Mirzayev nosoz holatdagi yöl va köprikni ta’mirlaşni tezlaştiriş böyiça Zangiota tumani mutsaddilariga topşiriqlar bergan.