13:47 / 15.10.2022
4921

O‘zbekistonda 8,6 mln ayollar qishloq joylarda istiqomat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholining 8,6 millioni qishloq joylarda istiqomat qilayotgan ayollar hisoblanadi.  

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga mamlakatda doimiy aholi soni 35,3 mln kishini tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 35,3 mln kishilik aholi sonida ayollar soni – 17,5 mln kishiga, erkaklar soni – 17,8 mln kishiga teng bo‘ldi.

Bunda, shaharda yashovchilar – 17,9 mln kishini tashkil etdi. Ular orasida ayollar soni – 8,9 mln kishi, erkaklar soni – 9 mln kishi.

O‘z navbatida, qishloqda yashovchilar soni – 17,4 mln kishiga teng bo‘ldi. Bunda, ayollar soni – 8,6 mln kishi, erkaklar soni – 8,8 mln kishi.

Top