Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“James Webb” teleskopi yulduzlar paydo bo‘lish joyining yangi tasvirini e’lon qildi
NASA’ning “James Webb” kosmik teleskopi o‘zining navbatdagi tasvirini e’lon qildi. Unda yulduzlar paydo bo‘ladigan joyning yangicha ko‘rinishi aks etgan.
Foto: NASA
“Yaratilish ustunlari (Pillars of Creation) Yerdan 6500 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Uning ilk tasviri 1995 va 2014 yillarda NASA’ning Hubble teleskopida suratga olingandi. “James Webb” olgan yangi tasvir 3-bo‘ladi.
Bu tasvirning oldingilaridan farqi – ustunlar o‘ta batafsil tasvirlangan. Unda zich gaz va chang ichidagi yulduzlarning shakllanish landshafti aks etgan. Tugunlar gaz va chang ustunlari ichida yetarli massaga ega bo‘lgach, o‘zining tortishish kuchi sabab yiqila boshlaydi, asta-sekin qiziydi va natijada yangi yulduzlar hosil bo‘ladi.
Tasvirda ustunlar 3 bo‘lakka bo‘lingan va katta tosh qoyalarni eslatadi. Lekin yaxshi o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega.
Yangi tasvir tadqiqotchilarga yulduzlar shakllanishi modellarini qayta ko‘rib chiqishga, yulduzlar qanday hosil bo‘lishiga oid aniqroq tasavvurlarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu – koinot hududidagi gaz, chang va yangi shakllangan yulduzlarning aniq miqdorini aniqlash orqali amalga oshadi.
Ma’lumot uchun, “James Webb” AQSh, Yevropa va Kanada kosmik agentliklari birlashgan loyihasi hisoblanadi. U Hubble kosmik teleskopining yangicha varianti bo‘lib, o‘tgan yilning dekabr oyida koinotga uchirilgan.
Mavzuga oid
21:09 / 20.01.2026
NASA insonni Oyga yubormoqda: kosmik kema tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga o‘tkazildi
08:09 / 05.01.2026
Orbitaga yeta olmagan missiyalar: 2025 yildagi eng yirik kosmik avariyalar
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
14:38 / 14.11.2025