Jamiyat | 18:49 / 28.10.2022
12911
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona 1 noyabrdan tun-u kun ishlaydigan rejimda ish boshlaydi

Kutubxona hozircha 24/7 test rejimida ishga tushadi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Yoshlar ishlari agentligi rahbarining yozishicha, Milliy kutubxona 1 noyabrdan test rejimida uzluksiz ishlaydi.

“Talablaringizga ko‘ra, Milliy Kutubxona 1 noyabrdan test rejimida 24/7 ishlashni boshlaydi. Tartiblari haqida alohida matbuot anjumani ham reja qilinmoqda”, – deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq tarmoq foydalanuvchilaridan biri Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayevga Milliy kutubxonani 24/7 soat ishlaydigan qilish taklifini yozib qoldirgandi va agentlik rahbari tez orada kutubxona tun-u kun ishlaydigan joyga aylanadi degan ma’noda tvit qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dushanba-juma kunlari ertalabki soat 9:00dan kechki soat 20:00gacha, shanba-yakshanba kunlarida esa soat 9:00dan soat 17:00gacha ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid