
Foto: NASA
NASA Quyosh dinamikasi kosmik observatoriyasi Quyoshning qiziqarli suratini e’lon qildi.
Suratga olish chog‘ida quyosh shamollari tabassumga o‘xshash naqsh hosil qilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Quyoshdagi qorong‘i hududlar — past haroratli va zich plazmali bo‘lib, «toj teshiklari» deb ataladi. Bu joylardan quyosh shamollari koinotga otilib chiqadi. Ularning fotosuratdagi g‘ayritabiiy joylashuvi shunchaki tasodif hisoblanadi.