08:19 / 29.10.2022
3217

O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi yirik aviakompaniya bilan aloqani yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston elchixonasida Jazeera Airways aviakompaniyasining Ummondagi vakillari Maral Torkgashgai va Shayn Tomas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: AP

Unda mamlakatga xorijiy sayyohlar sonini oshirish, Ummon va Fors ko‘rfazi mintaqasi bozorlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakat turizm salohiyati, O‘zbekiston aeroportlarida xorijiy aviatashuvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Jazeera Airways aviakompaniyasi vakillariga Samarqandda ishga tushirilgan yangi xalqaro aeroport va u yerda joriy yil 1 oktyabridan boshlab «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgani ma’lum qilindi.

Jazeera Airways aviakompaniyasi vakillari O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.

- Hozirgi kunda aviakompaniya tomonidan sayyohlar uchun arzon va qulay reyslar taklif qilinmoqda. Kelgusida parvozlar soni va yo‘nalishlarini yanada kengaytirish rejalari o‘rganilmoqda, - dedi Maral Torkgashgai. - Bu borada O‘zbekiston bozori muhim yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid
Top