19:42 / 07.11.2022
21605

«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi

Amerikaning FSG kompaniyasi «Liverpul» klubini sotuvga qo‘ydi.

Foto: Getty Images

The Athletic xabariga ko‘ra, klubga egalik qiluvchi Fenway Spors Group «qizillar» bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Kompaniya allaqachon taqdimot tayyorlab, klubni sotib olishga qiziqqan investorlarga yubormoqchi. Qayd etilishicha, klubni sotishga Goldman Sachs va Morgan Stanley banklari yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Fenway Spors Group kompaniyasi 2010 yildan buyon «Liverpul»ga egalik qilib kelmoqda. Jamoa ushbu kompaniya egaligi davrida 30 yil ichida ilk marta APL chempionligi va Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.

Top