07:53 / 21.11.2022
5314

O‘zbekiston elektromobillarni asosan Xitoydan sotib olmoqda

O‘zbekistonliklar o‘tgan 10 oyda elektromobillar importiga 55,4 mln AQSh dollari sarflagan.

Foto: Drive.com

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 749 dona elektromobil import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.

O‘zbekiston joriy yilning 10 oyida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 1 528 dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • BAA – 111 dona;
  • Germaniya – 48 dona;
  • Hongkong – 37 dona;
  • Litva – 10 dona;
  • Koreya – 7 dona;
  • boshqa davlatlar – 8 dona.
Mavzuga oid
Top